Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda soliq qarzdorligini elektr billing tizimi orqali undirish mexanizmi joriy etiladi

Ekw

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligi 1 million so‘mdan oshganda, uni elektr energiyasi billing tizimi orqali undirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu prezidentning “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Yangi soliq boshqaruv modeli avvalambor 2026-yil 1-yanvardan Namangan viloyatida sinov tariqasida joriy etiladi. Soliq qo‘mitasi 2026-yil oktyabriga qadar sinov natijalariga asoslanib, tizimni boshqa hududlarga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Hududiy elektr tarmoqlari matbuot xizmati Spot’ga bergan ma’lumotga ko‘ra, tizim chiqindi to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik uchun elektr energiyasi to‘lovlarini cheklash mexanizmiga o‘xshash tartibda ishlaydi. Ya’ni, jismoniy shaxsning soliq qarzdorligi belgilangan chegaradan oshgan taqdirda, uning elektr energiyasi uchun to‘lovlarida ma’lum cheklovlar qo‘llanadi.

Bu sinovning asosiy maqsadi — soliq qarzdorliklarini sezilarli darajada kamaytirish va soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishini ta’minlashdan iborat.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *