Ar

“Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, mamlakatda yagona Air Monitoring Uzbekistan platformasi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar atmosfera havosining fon monitoringi uchun 347 ta avtomatlashtirilgan stansiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilinadi.

Shuningdek:

  • Air Monitoring Tashkent platformasi va Toshkent shahar hokimligiga tegishli 10 ta avtomatik monitoring stansiyasi Ekologiya qo‘mitasi balansiga o‘tkaziladi;

  • Qo‘mita ushbu platforma asosida respublika miqyosidagi Air Monitoring Uzbekistan tizimini ishga tushiradi.

Yangi platformaga quyidagilar ulanadi:

  • xarid qilinadigan 347 ta yangi stansiya;

  • Gidrometeorologiya xizmati agentligi tizimidagi mavjud kuzatuv stansiyalari;

  • “Zamin” fondi ko‘magida o‘rnatilgan 23 ta avtomatik monitoring stansiyasi.

Yagona monitoring tizimi mamlakat bo‘ylab havo sifatini real vaqt rejimida kuzatish, tahlil qilish va ochiq ma’lumotlar bilan ta’minlashni maqsad qiladi.

By admin