Jizzaxda Matiz va yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan YTHda 3 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23-noyabr kuni soat 08:10 lar atrofida, Jizzax shahar, “Amir Temur” MFY hududidan oʻtuvchi yoʻlda 1998-yilda tugʻilgan haydovchi Matiz rusumli transport vositasini boshqarib ketayotganida oʻzidan oldinda ketayotgan mashinani quvib oʻtmoqchi boʻlib, yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga chiqqan va “ZIL-130” yuk mashinasi bilan toʻqnashgan.
Ushbu avtohalokat natijasida Matiz haydovchisi va uning 2 nafar yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.