Haftalik

Haftalik yangiliklar

Andijonda hakamlik sudi sudyasi firibgarlik va pora berishga urinishda ayblanmoqda

Pora

Andijon viloyatida firibgarlik yo‘li bilan pul olgan hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, sudya o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali viloyatning ikki nafar fuqarosini Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishni va’da qilib, buning evaziga 15 000 AQSH dollari talab qilgan. Ishni “tezlash” uchun u oldindan 4 100 dollarni avans sifatida olgan.

Ammo berilgan va’da bajarilmay, sudya avval olgan pullarning bir qismini qaytarayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining:

  • 168-modda 3-qism “a” bandi (ko‘p miqdorda firibgarlik),

  • 28, 211-modda 2-qism “b” bandi (ko‘p miqdorda pora berish)

bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *