Haftalik

Haftalik yangiliklar

Ichanqal’a immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi

Ic

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2030-yilgacha turizm sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Qarorga muvofiq, turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha, chet ellik turistlar sonini esa yiliga 10 milliondan 20 million nafargacha yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi turizm sohasini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi. 2026–2028-yillarda quyidagi yirik loyihalar amalga oshiriladi:

  • “Samarqandning meros yo‘li” loyihasi doirasida shaharidagi eng muhim tarixiy ob’yektlarni bog‘lovchi 6,6 km uzunlikdagi turistik marshrut barpo etiladi.

  • Xivadagi Ichanqal’a majmuasi esa jahonda yagona bo‘lgan immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan boshlab milliy turizm yagona platformasi hamda uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Qarorda O‘zbekiston hududiga kirish uchun vizasiz rejim joriy etiladigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish, shuningdek, mamlakatga kirish va unda bo‘lish bilan bog‘liq tartib-taomillarni soddalashtirish ham nazarda tutilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *