Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda 2 mingdan ortiq peshlavha olib tashlandi

Rbv

Toshkent shahri bo‘ylab 2 mingdan ortiq peshlavha demontaj qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti Tashqi reklama loyiha ofisi rahbari Shahriyor Shoazizov “Spot” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi haftalarda poytaxtda tashqi reklama vositalarini tartibga solish bo‘yicha reydlar kuchaytirildi. Nazorat tadbirlari doirasida tadbirkorlarga savdo shoxobchalari va umumiy ovqatlanish nuqtalaridagi peshlavhalarni ixtiyoriy ravishda olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda. Bundan tashqari, avtomobillarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari ham faol ravishda tekshirilmoqda.

Shoazizovning qayd etishicha, tashqi reklama bozorini tartibga solish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-fevraldagi VMQ-104 va 2023-yil 31-avgustdagi VMQ-428-son qararlari asosida amalga oshirilmoqda. Aynan shu hujjatlar poytaxt hokimiyatiga besh yil oldin reydlarni boshlash imkonini bergan.

Nazorat jarayonlari 2 bosqichda o‘tkazilgan. Avval yo‘llar bo‘ylab o‘rnatilgan reklama bilbordlari o‘rganilib, ikki yil ichida 2–3 mingga yaqin konstruksiya demontaj qilingan. Keyingi bosqichda turar joy binolarining tomlari va fasadlaridagi yirik reklama bannerlari — brandmauerlar — ko‘rib chiqildi. Joriy yilning o‘rtalaridan boshlab avtomobillardagi peshlavha va tashqi reklama vositalari ham nazoratga olindi.

Umuman olganda, shahar miqyosida 2 mingdan ortiq peshlavha olib tashlangan. Faqatgina Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida binolar egalari o‘z tashabbusi bilan 200 ta peshlavhani ixtiyoriy ravishda demontaj qilgan.

Tashqi reklama loyiha ofisi rahbari tadbirkorlarga qonunchilikka zid bo‘lgan peshlavhalarni olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatma berilayotganini, bu talabni bajarish uchun ularga muddat berilishini ma’lum qildi. Agar ko‘rsatma rad etilsa, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashqi reklama va axborotni joylashtirish qoidalarini buzganlik uchun BHMning 50 baravari — 20,6 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilishi mumkin.

One thought on “Toshkentda 2 mingdan ortiq peshlavha olib tashlandi

  1. Bu reydlar yordamida shahar tashqi ko‘rinishini saqlash uchun har qanday harakat ham yaxshi! Peshlavhalarni olib tashlash, xususan, avtomobillarga, bu shaharga ayyorlik keltiradi. Biroq, 20,6 million so‘mlik jarima, ya’ni BHMning 50 baravari, bu juda og‘ir! Tadbirkorlarga muddat berish, albatta, yaxshi, lekin agar rad etsalar, ularning pulidagi o‘rni juda yo‘qoladi. Buni qanday qilib boshqarish? Aytaymiz, masalan, peshlafani olib tashlash uchun pul yo‘q bo‘lsa, uni qizil ipak bilan bog‘lab qo‘yish mumkin, shu tariqa ham shaharga estetika berish, ham pulini saqlash mumkin! 😉

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *