Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qurilish korxonalari 9 oyda 6,3 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Mu

Davlat soliq qo‘mitasi 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning soliq tushumlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur davrda 30 384 ta yuridik shaxs tomonidan jami 6,3 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 1 trillion so‘mdan ko‘prog‘i, ya’ni 16,7 foizi 20 ta yirik korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qurilish korxonalarining umumiy tovar aylanmasi 131 trillion so‘mdan oshgan. Eng katta soliq to‘lovchi 20 ta tashkilotda esa bu ko‘rsatkich 18 trillion so‘mdan ziyod bo‘lgan. Shuningdek, sohaga qo‘llangan jami soliq imtiyozlari 328,5 trillion so‘mdan oshgani bildirildi.

Soliq turlari kesimida tushumlar quyidagicha taqsimlangan:

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i — 512,1 milliard so‘m;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 192,2 milliard so‘m;

  • ijtimoiy soliq — 180,6 milliard so‘m;

  • foyda solig‘i — 153,9 milliard so‘m;

  • boshqa soliqlar — 27,2 milliard so‘m.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *