Haftalik

Haftalik yangiliklar

Andijonda yer ajratish uchun pora talab qilgan hokim o‘rinbosari qo‘lga olindi

Hk

Andijon viloyatida yer ajratish evaziga pul talab qilgan tuman hokimining o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxs tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yidagi 400 metr uzunlikdagi suv yo‘lini yopiq tizimga o‘tkazgan holda, hosil bo‘ladigan 60 sotix yer maydonida 8 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqori lavozimdagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini aytgan. Buning evaziga u fuqarodan 15 ming AQSH dollari talab qilgan.

Hokim o‘rinbosari kelishilgan pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *