Haftalik

Haftalik yangiliklar

Muvofiqlikni baholash organlarining javobgarligi kuchaytirildi

Oziq

Qonunchilikka muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, agar muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilsa, baholash organi tovar yoki xizmatni sotuvchi va tayyorlovchi bilan birgalikda (solidar tartibda) javobgar bo‘ladi.

Shuningdek, standartlarning majburiy talablariga mos kelmagan mahsulotlarning kamida 70 foizini bozordan qaytarib olgan yuridik shaxslar moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi.

Xuddi shuningdek, mahsulot texnik reglament talablari (sifat va xavfsizlik me’yorlari)ga javob bermagan taqdirda ham, agar ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi mahsulotning 70 foizini bozordan olib tashlasa, u moliyaviy jazolardan ozod etiladi.

Shuningdek, muvofiqlikni baholash qoidalarini buzgan organ va uning mansabdorlari qonunga hamda sertifikatlashtirish bo‘yicha shartnomaga muvofiq shaxsiy javobgarlikka tortiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *