Haftalik

Haftalik yangiliklar

Surxondaryoda hokimlik vakili pora olayotganda qo‘lga olindi

Po

Surxondaryo viloyatida qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MChJ arxitektori fuqaroning ishonchiga kirib, noturar bino uchun tegishli loyiha hujjatlarini “muammosiz o‘tkazib berish” bahonasida 17 million so‘m miqdorida pora talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u so‘ralgan pulni olayotgan vaqtida dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tadbir chog‘ida aniqlanishicha, poraning 1 million so‘mi tuman qurilish bo‘limi boshlig‘iga berilishi kerak bo‘lgan. U ham pulni qabul qilayotgan paytda ushlangan.

Hozirda har ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *