Haftalik

Haftalik yangiliklar

Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qamoqda saqlanayotgan o‘zbekistonlik ozod qilindi

Tij

Turkiyada qamoqda gumonlanuvchi sifatida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 16-oktyabr kuni Istanbulning Bakirköy tumanida joylashgan Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 17-sud binosida asli Samarqand viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosining ishi yuzasidan navbatdagi (uchinchi) sud majlisi bo‘lib o‘tgan.

Sud jarayonida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari ham ishtirok etgan. Ish doirasida fuqaro noqonuniy narkotik moddalarni olib kirish va ularning aylanmasi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha ko‘rib chiqilgan.

Tergov materiallariga ko‘ra, jami 6 nafar shaxs va qidiruvda bo‘lgan bir necha kishi Yevropa davlatlaridan Turkiya hududiga 30 kg kokain va 800 kg psixotrop moddalarni yuk avtomashinasi orqali olib kirishda ayblangan.

Gumondor 2023–2024-yillarda ushbu yuk mashinasi turar joyiga yaqin joyda joylashgan yog‘och quti ishlab chiqarish ustaxonasida ishlagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar operatsiya o‘tkazgan paytda u mazkur hududda bo‘lganligi sababli qo‘lga olingan va gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan.

Sud majlisi yakunida sudya ish materiallarini o‘rganib chiqib, qamoqda saqlash chorasi bekor qilinishi va fuqaro ozod etilishi haqida qaror chiqargan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *