Haftalik

Haftalik yangiliklar

Sholidan bo‘shagan yerlarni noqonuniy yoqish sabab 500 gektar maydon zararlandi

Ilp

“O‘zbekkosmos” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda sholi o‘rimidan bo‘shagan dalalarda qoldiqlarni noqonuniy yoqish bilan bog‘liq 38 ta holat qayd etildi. Natijada 500,3 gektar maydon zarar ko‘rgan.

Aniqlangan holatlarning 30 tasi Sirdaryo viloyatida (421,9 gektar), 8 tasi esa Toshkent viloyatida (78,4 gektar) sodir bo‘lgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dalalarni yoqish “tozalash” usuli sifatida ko‘rinsa-da, bu jarayon atmosfera havosining ifloslanishiga, iqlim o‘zgarishlari tezlashishiga va tuproq unumdorligining kamayishiga olib keladi.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga muvofiq, bunday holatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha jarima belgilangan. Zarar miqdori katta bo‘lgan taqdirda jinoiy javobgarlik ham qo‘llanishi mumkin.

“O‘zbekkosmos” agentligi sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari orqali bunday holatlarni muntazam monitoring qilib boradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *