Sed

Prezident tomonidan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun imzolandi.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, qonunga muvofiq, maxfiylikni saqlashi shart bo‘lgan shaxs tomonidan yopiq sud majlisining ma’lumotlari va tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, sud ishni yopiq majlisda ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Bunday hollarda majlis ishtirokchilari sudning ruxsatisiz ma’lumotlarni oshkor qilmaslik haqida ogohlantiriladi va ulardan tilxat olinadi.

Mazkur majburiyat buzilgan taqdirda, Jinoyat kodeksining 239-moddasi (surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilish) bo‘yicha javobgarlik nazarda tutiladi.

Ushbu modda sanksiyalariga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

By admin