Nop

Krasnoyarsk o‘lkasi Yemelyanovskiy tumanida o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida o‘zbekistonlik estrada xonandasi Jaloliddin Ahmadaliyev konserti to‘xtatildi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, “Korona” restoranida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda 600 dan ortiq kishi to‘plangan bo‘lib, xavfsizlik kuchlari tomonidan hujjatlar tekshirildi va xizmat itlari jalb qilingan holda tintuv o‘tkazildi. Bir guruh shaxslar politsiya kuzatuvida zal tashqarisiga olib chiqilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir davomida jami 620 kishi tekshirilib, ulardan 210 nafari chet el fuqarolari ekani aniqlangan. Ularning yonidan muomalaga chiqarilishi taqiqlangan buyum yoki moddalar topilmagan.

Qo‘shimcha tekshiruv uchun 26 kishi idoraga olib ketilgan, shundan 8 nafari Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan shaxslar sifatida qayd etilgan.

Natijada Rossiya Federatsiyasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun 19 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan, shuningdek, soxta ro‘yxatga olish bo‘yicha 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

By admin