Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 22-sentyabr holatiga o‘z vaqtida soliq hisobotini topshirmagan 53 478 ta subyektga jarima qo‘llanilmadi.
Ularning huquqbuzarligi birinchi marta sodir etilgani va kamchiliklar 30 kun ichida bartaraf etilgani bois, ularga nisbatan jarima emas, balki ogohlantirish chorasi qo‘llanildi. Natijada 171,6 mlrd so‘mlik ma’muriy jarimalar soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoldi.
Hozirda yana 6 738 ta korxona hisobotni ixtiyoriy ravishda topshirib, huquqbuzarlikni 30 kun ichida bartaraf etishi orqali jarimadan ozod bo‘lish imkoniyatiga ega.
Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida taqdim etilmagan har bir soliq hisoboti uchun BHMning 10 baravari — 4 120 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan.
