Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda avtomobillarni ekologik sertifikatlashtirish bekor qilindi

Mujj

O‘zbekistonga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalari uchun ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi. Bu haqda “Respublikada g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilangandi.

Endilikda mamlakatga olib kiriladigan mazkur transport vositalarining ekologik talablarga muvofiqligi Vazirlar Mahkamasining 2027-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament” talablari asosida baholanadi. U tegishli turni ma’qullash hujjatlari hamda muvofiqlik sertifikatlarida aks ettiriladi.

Shu bilan birga, elektr dvigatel bilan jihozlangan g‘ildirakli transport vositalarining (ichki yonuv dvigateli va elektr dvigatelida birgalikda harakatlanuvchi avtomobillardan tashqari) ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholashdan ozod etiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *