Haftalik

Haftalik yangiliklar

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

Muj

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi. Bu Prezidentning tegishli qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, hozirda Olmaliq filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangi institutda davom ettiradi. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalari belgilangan tartibda institut diplomi bilan taqdirlanadi. Shuningdek, yuqori kurs talabalari haq to‘lanadigan amaliyotga jalb etiladi.

Institut tarkibida geologiya, metallurgiya va texnika yo‘nalishlariga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabi — “GeoMetTex” tashkil etiladi. Bu maktabga akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalar tanlov asosida qabul qilinadi va ular amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.

“GeoMetTex” muhandislik maktabi uchun sanoat hamkorlari belgilanib, ta’lim jarayonini texnik va texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *