Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkent viloyati va poytaxtni bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi

Kimm

16-sentabrdan Toshkent viloyatini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi 177-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi. Bu haqda shahar transport boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi yo‘nalish Shavkat Mirziyoyevning 9-iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda Toshkent shahri va viloyatlararo qatnovlarni yaxshilash maqsadida mavjud 20 ta avtobus yo‘nalishini 15–20 kilometrga uzaytirish hamda 6 ta yangi yo‘nalishni ochish belgilangan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining barcha hududlarini poytaxt bilan bog‘lash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Yangi 177-sonli avtobus yo‘nalishi Toshkent viloyati “Iftixor mahallasi” bekatidan “Chorsu metrosi” avtoshahobchasigacha harakatlanadi. Yo‘nalishda 9,5 metrli, o‘rta sig‘imli zamonaviy King Long XMQ 6900EGW avtobuslaridan 8 tasi qatnaydi.

Avtobuslar harakati soat 05:30 dan 23:17 gacha davom etadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *