Prezident tomonidan “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida imzolangan “Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim” tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, mazkur bitim 2025-yil 15-yanvar kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston va BAA Prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar yakunida imzolangandi.
Qarorga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari bitim qoidalarining belgilangan tartibda ijrosini ta’minlashi belgilangan.