Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda texnikum pedagoglari uchun yangi qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

Nyjj

Davlat rahbari texnikumlarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va ustalarning malakasini oshirish hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, maktablarda bo‘lgani kabi texnikum o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Milliy sertifikat olganlarga oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikat olganlarga esa 50 foizi miqdorida ustama belgilanadi.

Texnikum direktori va ularning o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik to‘lanadi. Shuningdek, “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan rahbarlarga qo‘shimcha 20 foiz ustama berilishi belgilangan.

Endilikda texnikumlarda ham oliygohlarda qo‘llanilayotgandek ilmiy daraja va unvonlar uchun ustama to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuborilishi rejalashtirilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *