Haftalik

Haftalik yangiliklar

Yangiyo‘lda itni Matiz’da bosib o‘tgan haydovchi jazolandi

Photo 2025 08 22 12 40 26

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida jonivorga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxs jazolandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

21-avgust kuni Matiz haydovchisi yo‘lda yotgan itni bosib ketgani aks etgan video tarqalib, jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lgandi. Unda haydovchi itni avtomobil old va orqa g‘ildiraklari bilan bosib o‘tgach yo‘lida xotirjam davom etgani ko‘ringan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari buning oqibatida it nobud bo‘lganini bildirgandi.

Jonivorga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lgan Matiz haydovchisi — 1970-yilda tug‘ilgan  S.M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan javobgarlikka tortildi.

Ushbu moddada hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 million 236 ming so‘mdan 2 million 60 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *