Haftalik

Haftalik yangiliklar

“Temiryo‘linfratuzilma” buyurtmachiligidagi 2,6 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridining oldi olindi

4acd64616d823594385b26fe661ad87d

2,6 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.

Unga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachisi 2,6 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ buyurtmachiligida jami 2,6 mlrd so‘mlik “ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatish” yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning qator talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.

Qayd etilgan holat yuzasidan agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

O‘zbekistonda 21 mlrd so‘mlik 18 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olingan edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *