Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

21678063 0 960 2049 2112 2072x0 60 0 0 1d8874aa400de71c565f99fd7f9942a6

2025-yil iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 81,5 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Bu haqda “O‘zsuvtaʼminot” axborot xizmati ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga ko‘ra, Toshkent shahri 98,2 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinda bo‘lsa, eng quyi natija — Qashqadaryo viloyatida 61,2 foizni tashkil etmoqda.

  • Andijon viloyati — 92 foiz;
  • Buxoro viloyati — 74,3 foiz;
  • Farg‘ona viloyati — 82,5 foiz;
  • Jizzax viloyati — 75,3 foiz;
  • Navoiy viloyati — 85,8 foiz;
  • Namangan viloyati — 87 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati — 61,2 foiz;
  • Samarqand viloyati — 78,6 foiz;
  • Surxondaryo viloyati — 66,5 foiz;
  • Sirdaryo viloyati — 87,7 foiz;
  • Toshkent viloyati— 79,9 foiz;
  • Xorazm viloyati — 91,6 foiz;
  • Toshkent shahri — 98,4 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 74,2 foiz.

2025-yil boshlarida ham markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan darajasi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati so‘nggi o‘rinda edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *