Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi

Photo 2025 07 14 17 29 05 (2)

Toshkentdagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi.

Piyodaga yo‘l bermagan haydovchilar sun’iy intellekt asosida ishlovchi ushbu kameralar orqali jarimaga tortiladi. 3 kun ichida 1700 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Yaqin kunlarda bunday kameralar yana 30 ta chorrahada o‘rnatiladi.

May oyida Buxoro shahrida ham piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar faoliyatini boshlagandi.

Prezidentning 2023-yil 20-noyabrdagi farmoni bilan “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi hisobidan yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida hamda yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish belgilangandi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldidakamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *