Haftalik

Haftalik yangiliklar

Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi

Vtitg hhvwwd57wfml kshoiea7xyiag (1)

U 13 iyul kuni Londonda olamdan o‘tgan. Muhammad Buxoriy prezidentlik vaqtida ham davolanish uchun Britaniyaga tez-tez qatnab turgan.

Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, sobiq prezident Buxoriy 13 iyul kuni Londondagi klinikada olamdan o‘tgan.

Muhammad Buxoriy 1983 yildan 1985 yilga qadar Nigeriyani boshqargan, o‘shanda u harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. 1985 yilda yuz bergan to‘ntarish oqibatida u hokimiyatdan ag‘darilgan. 2015 yilda u mamlakat prezidenti etib saylangan va 2023 yilda davlat rahbarligi lavozimini tark etgandi.

Sobiq prezident amalda o‘tirgan vaqtida ham davolanish uchun Britaniyaga tez-tez qatnab turgan. Uning mamlakatda yo‘qligi sabab Nigeriyada norozilik aksiyalari yuz bergan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *