Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat pasayishni boshlaydi

4ea38b53a74d746e55c2f36cabb4cd13

Dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish kamroq bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Prognozlarga ko‘ra, 4-iyul O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha harorat 34-39 darajagacha pasayishi seziladi.

6-iyul, yakshanba kuni harorat kunduzi 38-41 daraja atrofida, janubda 42-44 darajagacha bo‘ladi.

O‘zbekistonda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, 5-iyulda respublikaning ayrim joylarida, 6-iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 5-iyulda 40-43 daraja, 6-iyulda 39-41 daraja bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *