Haftalik

Haftalik yangiliklar

“O‘zgidromet” iyulda eng issiq havo kuzatiladigan kunlarni e’lon qildi

Photo 2025 06 27 14 07 28

“O‘zgidromet”  2-iyuldan boshlab janubdan juda issiq havo massalari kirib kelishi, issiq harorat asta-sekin ko‘tarilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, respublika shimolida 2 va 3-iyul kunlari, cho‘l hududlarda 3 va 4-iyul kunlari, respublikaning qolgan hududlarida 4-iyulda va ba’zi joylarda 5-iyulda eng issiq kunlar kuzatiladi. Ushbu kunlarda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.

“Aholidan Sog‘liqni saqlash va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim etib borilayotgan jazirama kunlari amal qilinishi kerak bo‘lgan hamda issiq urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarga amal qilishlarini so‘raymiz”, dedi Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig’i Azimjon Narzullayev.

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, 3—5-iyulda ayrim joylarda ba’zida 20-25 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Prognozlarga ko‘ra, 5-iyul kuni respublikaning g‘arbiy yarimi bo‘yicha, 5-iyulda barcha hududlar bo‘yicha harorat 4-6 darajaga pasayadi. Biroq iyul oyida salqin havoni kutmaslik kerak.

Iyul oyi O‘zbekistonning shimoliy hududlarida 2018-yil, janubda esa 2021-yil eng issiq iyul oyi bo‘lgan. O‘sha iyul oyida maksimal havo harorati 41-43 darajaga, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajaga yetgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda havo haroratining tarixiy maksimumi 46-48 daraja qayd etilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *