Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahar, “Kesh” MFY, Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan 2 ta do‘konda (qandolat va quruq mevalar) 30-iyun kuni soat 20:50 larda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, to‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:03 da o‘rab olingan va soat 21:10 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida do‘konlarning taxminan 30 kv metr maydonda tom va ichki qismi yongan. Do‘konlar bozor hududida bo‘lmagan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.