Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda dam olish kunlari yoz uchun nisbatan qulay ob-havo bo‘ladi

Photo 2024 04 29 13 11 50

O‘zbekistonda dam olish kunlari yoz uchun nisbatan qulay harorat fonida asosan bulutsiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Prognozlarga ko‘ra, 28—29-iyun kunlari harorat 32-37 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat respublikaning eng chekka janubida havo ba’zi joylarda 39-41 darajagacha isiydi.

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Yakshanba kuni esa faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida va Farg‘ona vodiysida shamol kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamolning kuchayishi chang-to‘zon bilan qayd etiladi.

Toshkentda havo bulutsiz bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari 34-37 daraja bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *