Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qamchiq dovonida BYD xandaqqa tushib ketdi

Oimr moyquqovyoggco7l8b1xwfynkfn

FVV qutqaruvchilari tomonidan Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina olib chiqildi.

Kuni kecha A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlangan BYD rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgani va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida Qamchiq maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *