Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

Photo 2025 06 27 09 14 15

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bahosi 1 mlrd 506 mln so‘mlik 1 kg 205 gramm sintetik giyohvandlik vositalari tarqalishining oldi olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Chilonzorda o‘tkazilgan tezkor tadbirda S. ismli shaxs qo‘lga olinib, uning yonidan 5 gramm giyohvandlik vositasi topilgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash manzili ham xolislar bilan ko‘zdan kechirilgan. Natijada mebel tagidan 3 ta qora sellofan ichida turli xil zip-paketga solingan oq rangli kukunsimon modda, ko‘k rangli izolentaga o‘ralgan kukunsimon moddalar, elektron tarozilar, zip-paketlar aniqlangan.

Tezkor tadbir natijasida 6000 insonni zaharlashi mumkin bo‘lgan, bahosi 1 mlrd 506 mln so‘mlik 1 kg 205 gramm sintetik giyohvandlik vositalari tarqalishining oldi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *