Haftalik

Haftalik yangiliklar

Besh oyda qancha fuqaro ovqatdan zaharlangani aytildi

1p2co5qlxr9b1pf6iiugxfp6lbplyu e

2025 yilning o‘tgan 5 oyi davomida 14 ta holatda ovqatdan zaharlanishlar ro‘yxatga olinib, unda 42 nafar fuqaro jabrlangan. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga ko‘ra, yuzaga kelgan ovqatdan zaharlanish holatlarining o‘nta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida botulizm kasalligi qayd etilgan. Ulardan 8 nafarini bolalar tashkil etadi.

Uchta holatda ovqat toksikinfeksiyasi qayd etilib, 13 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 8 nafarini bolalar tashkil etadi. Kimyoviy zaharlanish bitta holatda qayd etilgan.

2024 yilda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan jami 20 184 ta umumiy ovqatlanish korxonalarining 1 512 tasida (7,49 foiz) tekshiruvlar olib borilgan.

Natijada ularning 664 tasida (3,29 foizi) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablari buzilganligi aniqlangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *