Haftalik

Haftalik yangiliklar

Elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanib, o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Photo 2025 06 24 13 13 16

Qonunchilik palatasining 24-iyundagi majlisida yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlik subyekti tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, tabiiy gazdan yoqilg‘i yoki xom ashyo sifatida foydalanish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilsa javobgarlikka faqat tashkilotlarning mansabdor shaxslari tortilmoqda. Bu borada huquqbuzarlik sodir etgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni esa javobgarlikka tortish asoslari belgilanmagan.

Xususan, 2024-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan energiyani behuda sarflash bilan bog‘liq 17,6 mingta, gazdan yoqilg‘i yoki xom ashyo sifatida foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 7,6 mingta holat aniqlangan.

Bundan tashqari, O‘zenergoinspeksiyaning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari qonun hujjatlarida aniq belgilab qo‘yilmagan. Ichki ishlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga ham ushbu sohada ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berilmagan.

Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasi bilan O‘zenergoinspeksiyaning ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati aniq belgilanmoqda. Ichki ishlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga esa yoritish uchun elektr energiyasidan behuda xo‘jasizlarcha foydalanish huquqbuzarligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolatini berish taklif etilmoqda. Shuningdek, energiya resurslaridan behuda foydalanish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar ham ma’muriy huquqbuzarlik subyekti sifatida belgilanmoqda.

Elektr energiyasi, gaz va suv tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulanib, ularni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *