Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkent metrosining 7 ta bekati oralig‘ida harakat to‘xtatiladi

30061903 0 104 1001 667 1920x0 80 0 0 2f662d205f676fb1d6a53b6b44279b07

Toshkent metrosining Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishidagi “Quruvchilar (12-bekat)—Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida  poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Metropoliten matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Yerusti halqa yo’li yo‘nalishidagi 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari va bekatlar oralig‘i bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, yerusti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.

Shu munosabat bilan “Texnopark—Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Rejali profilaktik ishlarni keyingi navbatini amalga oshirish uchun 28-iyundan boshlab, “Quruvchilar (12-bekat)—Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun  “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar — metrobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *