Haftalik

Haftalik yangiliklar

Farg‘onada mahalla raisi tuman hokimligidagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi

720 80 adae0daa16aeb5d947c6083c4e00dbeb

Ijtimoiy tarmoqlarda Furqat tumani, “Kaldushon” mahallasi raisi Sharifjon Abdullayevning vafoti yuzasidan xabarlar tarqaldi. Furqat tumani hokimligi holat yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, 18-iyun kuni tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda MFYlar raislari ishtirok etgan. Yig‘ilishda ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Qayd etilishicha, yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgan, lekin tuman hokimi tomonidan shaxsga nisbatan haqoratli so‘z ishlatilmagan.

“Kaldushon” mahallasi raisi Sharifjon Abdullayev yig‘ilish paytida sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli faoliyatini to‘xtatmoqchiligi aytib, yig‘ilishni tark etgan.

Hokimlik tashqi hovlisida ahvoli yomonlashgani sababli tez yordam chaqirilgan, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramasdan, vafot etgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *