Haftalik

Haftalik yangiliklar

Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

736 736 95 1183602014

Buxoro viloyatida bir oylik chaqalog‘ini 10 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Aniqlanishicha, fuqaro N.K. 2024-yil iyun oyida Turkiyaga ishlash maqsadida borib, avgustda O‘zbekistonga qaytgan va shu oyda farzand ko‘rgan. Oradan ko‘p o‘tmay, yana xorijga chiqish niyatida bo‘lgan ayol chaqalog‘ini sotishga qaror qilgan.

2024-yil 4-sentyabr kuni ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida N.K. farzandini 10 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. U voqea joyida yozma tilxat yozib bergan, pul dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Sud jarayonida ayolning aybi barcha hujjatlar — ekspertiza xulosalari, ovoz yozuvlari, guvohlar ko‘rsatmasi va boshqa dalillar bilan to‘liq isbotlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, N.K. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha aybli deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *