Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda jazirama issiq qachon pasayishi ma’lum qilindi

Photo 2025 06 16 15 14 15

Ushbu hafta boshidan O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kuchayadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

16—17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.

Kechalari ham havo dim bo‘ladi. Faqat ertalabki soatlarda harorat biroz 24-27 darajagacha pasayadi.

Hafta oxirida harorat biroz pasayadi, hududning katta qismida kunduzgi havo harorati 35-38 daraja, janubda 39-41 daraja atrofida bo‘ladi. Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi.

16—18-iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 19-21-iyunda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda 20-iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 36-38 daraja, 17-19-iyunda 38-41 darajagacha, 20-iyunda 35-37 daraja bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *