Fuqaroning hayotini saqlab qolishda jonbozlik ko‘rsatgan profilaktika inspektorining xizmatlari munosib taqdirlandi, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati IIB.
Unga ko‘ra, 12-iyun kuni Koson tumanida yashovchi fuqaro o‘z joniga qasd qilish maqsadida Qarshi bosh kanaliga o‘zini tashlagan.
Shu vaqtda Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, kapitan Sherbek To‘raqulov fuqaroni qutqarib qolgan.
Fuqaroning hayotini saqlab qolishda jonbozlik ko‘rsatgan profilaktika inspektorining xizmatlari viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov tomonidan munosib taqdirlandi.