Haftalik

Haftalik yangiliklar

Surxondaryo ekologiya boshqarmasi Kofrunda vodorod sulfidi gazi meʼyordan oshmaganini maʼlum qildi

Photo 2025 06 12 10 07 28

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasiga qarashli 202-sonli quvurda texnik nosozlik sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat bo‘yicha mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. O‘rganish jarayonida 8-iyun kuni “Kofurun” MFYda jami 5 ta nuqtada, soat 08:00 dan 11:00 gacha turli o‘lchov uskunalari orqali atmosfera havosidagi vodorod sulfid (H₂C) gazi miqdori nazorat qilindi.

“Jumladan, avariya sodir bo‘lgan quduq atrofida (500 m), sharqiy, g‘arbiy va shimoliy yo‘nalishlarda 1000 m dan 3000 m gacha bo‘lgan masofalarda hamda Kofurun qishlog‘ida (1500 m) olib borilgan o‘lchov natijalariga ko‘ra, barcha nuqtalarda vodorod sulfid darajasi me‘yordan oshmagan”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan atmosfera havosini o‘rganish va monitoring qilish ishlari hududda doimiy ravishda olib boriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *