Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi

F1907ffcbe833bf9432a7117380b5af5
O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshiriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi. Bunda:
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 918 000 so‘m;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 012 000 so‘m bo‘ladi;
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 275 000 so‘m;
  • (oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 165 000 so‘m;
  • (oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 110 000 so‘m;
  • kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 420 000 so‘m bo‘ladi;
2025-yil 1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi. 2025 yil 1-iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 471 000 so‘m etib belgilanadi. 2025-yil 1-avgustdan boshlab:
  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 so‘m etib belgilanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *