Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda yozning ilk haftasi qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

F 8mihog2s41xdwqnxoeuoa7pgq87obj

O‘zbekistonda yozning dastlabki haftasi havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, ish haftasi davomida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

2-iyun kuni kunduzi respublika hududining katta qismida harorat 30-35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 38 darajagacha bo‘ladi, hafta o‘rtasiga kelib esa havo 36-39 darajagacha, janubda 42 darajagacha isiydi.

Respublikaning shimolida 2—3-iyun kunlari havo harorati 38-40 daraja bo‘lgan eng issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, chorshanba kunidan boshlab harorat asta-sekin 32-37 darajagacha pasayishi boshlanadi.

3—4-iyunda shimolda va cho‘l hududlarda, 4-iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 2-iyunda 30-32 daraja, 3-iyunda 33-35 daraja, chorshanba va payshanba kunlari 35-38 daraja bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *