Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

Politsiya kanadalik rassom chizgan kartina Nyu-Yorkdagi auksionga qo‘yilganidan xabar topgan va uning egasi tegishli hujjatlarni taqdim etgan.
Amerikalik politsiyachilar kanadalik rassom Jan-Pol Riopelning 2021 yil dekabrdagi Edmontondagi galereyadan o‘g‘irlab ketilgan kartinasini topdi, deb xabar beradi Miami Herald.
Gap «Nomsiz, akvarel va qog‘ozdagi siyoh» nomli surat haqida ketmoqda. O‘g‘irlik sodir etilgan kunda noma’lum shaxslar galereya eshigini buzib kirgan va bir nechta san’at asarini olib qochgan. Tergov hech qanday natija bermagan — gumonlanuvchilar topilmagan va tez orada ish to‘xtatilgan edi.
To‘rt yil o‘tgandan keyin polotno Nyu-Yorkdagi auksionda paydo bo‘ldi. Kartinani sotishga uringan erkakning so‘zlariga ko‘ra, u asarni chiqindixonadan topib olgan va shu paytgacha shkafida saqlab kelgan. Politsiya xodimlari mazkur kartina qidiruvda bo‘lganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin u polotnoni sug‘urta kompaniyasiga topshirgan.
2022 yilda Riopelning kartinasi 50-58 ming dollarga baholangan. Kartina egalari allaqachon kompensatsiyani olib bo‘lgani bois uni o‘zlariga qaytarmaslikka qaror qilgan. Agar kartina qiymati tushgan bo‘lsa, ular zarar ko‘rishlari mumkin edi.