Toshkent shahrining Bektemir tumanida 58 gektar maydonda Bektemir City ishbilarmonlik markazi quriladi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov 18-avgust kuni tegishli qarorni imzoladi.
Loyihaning qiymati 1,2 mlrd dollarni tashkil etadi. Bektemir City “Zabardast”, “Bektemir” va “Abay” mahallalari hududida barpo etiladi.
Loyihani amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi qarorida belgilangan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad Bektemir tumanidagi yer maydonlaridan samarali foydalanish, aholini yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.
Bektemir City loyihasi doirasida zamonaviy ko‘p xonadonli turar joy majmuasi, maishiy xizmat ko‘rsatish binolari hamda ijtimoiy va ko‘ngilochar obyektlar qurilishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha ilk bor 2025-yil may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahrida rejalashtirilgan renovatsiya va investitsiya loyihalari taqdimoti chog‘ida namoyish etilgan.
Bektemir City loyihasini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Olmazor biznes siti yangi tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” MCHJ belgilangan.
Binance Referral Code KD6NB1E6 https://www.binance.com/en/learn/referral-code-KD6NB1E6
Binance Referral Code KD6NB1E6 https://www.binance.com/en/learn/referral-code-KD6NB1E6/