Haftalik

Haftalik yangiliklar

Andijonda 38,3 mlrd so‘mlik keshbek mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Hnn

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyatida 38,3 milliard so‘m byudjet mablag‘lari keshbek tizimi orqali talon-toroj qilinganini aniqladi.

Departament ma’lum qilishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro Y.Q. va boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib, beshta MChJ nomidan noqonuniy sxemani yo‘lga qo‘ygan.

Aniqlanishicha, ular boshqa MChJlar tomonidan go‘yoki 2,2 trillion so‘mlik mahsulot yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirgan. Shuningdek, savdodan tushgan mablag‘lar nazorat-kassa mashinalari orqali kirim qilingani va mahsulotlar fuqarolarga sotilgani haqida xarid cheklari shakllantirilgan.

Shundan so‘ng 94 ming 921 nafar fuqaro, jumladan, Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar nomiga Soliq Mobile ilovasi orqali keshbek to‘lovlari rasmiylashtirilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu sxema orqali 38,3 milliard so‘m byudjet mablag‘i o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *