Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda mast haydovchi YPX xodimiga hujum qildi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hyy

Toshkent shahrida mast holatda avtomobil boshqarib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan hamda YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalaridan birida Malibu va Leapmotor rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Hodisadan so‘ng haydovchilar o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan va Leapmotor haydovchisi 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Malibu haydovchisi davlat raqam belgisisiz harakatlanib, avariya sodir etgani hamda unga nisbatan qo‘pollik qilayotganini bildirgan.

Voqea joyiga yetib borgan yo‘l patrul xizmati xodimlari hodisani rasmiylashtirish jarayonida Malibu haydovchisiga alkotester yordamida tekshiruvdan o‘tishni taklif qilgan. Biroq mast haydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan va PPX xodimlaridan biriga musht tushirgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan.

Shundan so‘ng boshqa fuqarolar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida haydovchi maxsus vositalar yordamida zararsizlantirilgan.

Ma’lum qilinishicha, qonunbuzar protsessual tartibda ushlanib, Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) hamda 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *