Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkent tumanida bir oilada 4 egizak dunyoga keldi

Liku

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi oilada bir yo‘la 4 egizak tug‘ildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, chaqaloqlar Odiljon va Sevara Abdullayevalar oilasida dunyoga kelgan. Ular bungacha 2 yoshli qiz farzandni tarbiyalab kelayotgan edi. Shu tariqa oila birdaniga 5 nafar farzandning ota-onasiga aylandi.

Egizaklarning:

  • birinchisi o‘g‘il — vazni 1412 gramm, bo‘yi 37 sm;
  • ikkinchisi qiz — vazni 1624 gramm, bo‘yi 37 sm;
  • uchinchi qiz — vazni 1466 gramm, bo‘yi 37 sm;
  • to‘rtinchisi o‘g‘il — vazni 1780 gramm, bo‘yi 38 sm.

Chaqaloqlar Respublika perinatal markazida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga kelgan. Hozirda ular xalqaro protokollar asosida parvarish qilinmoqda.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ota — Odiljon Abdullayev viloyat IIBB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi hisoblanadi.

Ayni paytda ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli yaxshi ekani, ular malakali shifokorlar nazorati ostida ekani bildirildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *