Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qarshida 12 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan hodisa bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

Sed

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 2020-yil avgust oyida sodir bo‘lgan fojiali hodisa yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, o‘sha vaqtda qurilayotgan ko‘p qavatli uy majmuasining 10-qavatidan tushib ketgan temir bo‘lagi 12 yoshli qizga tegib, u olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur voqea jamoatchilik orasida keskin e’tirozlarga sabab bo‘lgan. O‘rganishlar davomida qurilish maydonida zarur himoya to‘siqlari o‘rnatilmagani, xavfsizlik choralariga yetarlicha amal qilinmagani hamda ishchilar o‘rtasida tegishli yo‘riqnomalar o‘tkazilmagani aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida ish ko‘rib chiqildi. Sudda qurilish firmasining 45 yoshli texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandisi asosiy aybdor sifatida e’tirof etildi.

Sud materiallarida qayd etilishicha, kompaniya tomonidan marhumaning oilasiga dafn marosimlari uchun qariyb 150 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, unga bir yil muddatga rahbarlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish hamda bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sud qarori bilan marhumaning qonuniy vakili foydasiga yana 150 million so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *