Haftalik

Haftalik yangiliklar

Farg‘onada tanishini avtomobil bilan urib o‘ldirgan erkakka 14 yildan ortiq jazo berildi

Lol

Farg‘ona viloyatida tanishini avtomobil bilan qasddan urib yuborgan 33 yoshli erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Hudud informatsion dasturi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2025-yil 10-iyun kuni sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ikki tanish o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqani, ulardan biri ikkinchisini avval quvib, so‘ng avtomobil bilan urib yuborgani aks etgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchi va marhum avvaldan tanish bo‘lgan hamda ular o‘rtasida shaxsiy adovat mavjud bo‘lgan. Voqea kuni erkak dastlab jabrlanuvchiga pichoq bilan hujum qilgan, biroq u qochib ketgan. Shundan so‘ng sudlanuvchi Lacetti avtomobilida uni quvib yetib, yuqori tezlikda qasddan urib yuborgan. Og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudida ish atroflicha ko‘rib chiqildi. Sudda ayb guvohlar ko‘rsatmalari va boshqa dalillar bilan to‘liq isbotlangani qayd etildi. Shuningdek, jinoyat qasddan sodir etilgani aniqlangan.

Bundan tashqari, sudlanuvchi muqaddam ham jinoyat sodir etgani inobatga olinib, u xavfli retsidivist deb topildi.

Sud hukmiga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, 14 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *