Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlari tizimida qariyb 25 milliard so‘mlik qonun buzilishlari aniqlangani va ular yuzasidan tegishli ta’sir choralari ko‘rilganini ma’lum qildi.
Qo‘mita axborotiga ko‘ra, ushbu holatlar hududiy organlar tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar hamda kelib tushgan murojaatlar asosida aniqlangan. Tekshiruvlar davomida bir qator tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilgani, ya’ni raqobatni cheklovchi yoki cheklashga olib keluvchi harakatlarga yo‘l qo‘yilgani qayd etilgan.
Qonun buzilishlari aniqlangan hududlar
Andijon viloyati:
- Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi — 2 ta holat, 3,9 mlrd so‘mdan ortiq.
Navoiy viloyati:
- Navbahor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi — 18 ta holat, 4 mlrd so‘mdan ortiq;
- Konimex tumani Obodonlashtirish boshqarmasi — 22 ta holat, 5 mlrd so‘mga yaqin;
- Navoiy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi — 9 ta holat, 480 mln so‘mga yaqin;
- Nurota tumani Obodonlashtirish boshqarmasi — 12 ta holat, 2,3 mlrd so‘mga yaqin;
- Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi — 3 ta holat, 550 mln so‘m.
Qashqadaryo viloyati:
- Mirishkor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi — 8 ta holat, 1,1 mlrd so‘m.
Buxoro viloyati:
- Peshku tumani tibbiyot birlashmasi — 7 ta holat, 1,5 mlrd so‘mdan ortiq.
Surxondaryo viloyati:
- Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi — 2 ta holat, 1,7 mlrd so‘mdan ortiq.
Toshkent viloyati:
- “Hududgaz Komplektatsiya” UK — 1 ta holat, 3 mlrd so‘mdan ortiq.
Toshkent shahri:
- “Ko‘prikqurilish” AJ — 1 ta holat, 1,3 mlrd so‘m.
Qanday choralar ko‘rildi?
Mazkur holatlar yuzasidan qo‘mita hududiy boshqarmalari Maxsus komissiyalari tomonidan ishlar qo‘zg‘atilgan. Natijada buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan.
Mutasaddilar davlat xaridlarida ochiqlik va halol raqobatni ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidlamoqda.