Haftalik

Haftalik yangiliklar

Izmirda 4-qavatdan qulab tushgan o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Amq

Turkiyaning Izmir shahrida ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatidan pastga tushib ketgan o‘zbekistonlik ayol vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli Sevdora Hakimjonova 17-mart kuni og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. U besh kun davomida davolangan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Konsullik ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda marhumaning jasadini vatanga qaytarish bo‘yicha zarur tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Jasadi 23-mart kuni IstanbulAndijon reysi orqali O‘zbekistonga yuborilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Hakimjonova Turkiya fuqarosi bilan shar’iy nikoh asosida turmush qurgan. Nikoh marosimi Chust tumanida o‘tkazilgan bo‘lib, rasmiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Oila Izmir shahrida kuyovning qarindoshlari bilan birga yashab kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, turmush o‘rtog‘i ham Hakimjonova kabi eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxs hisoblanadi.

Mazkur holat yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *